13:30 / 30.07.2021
1 970

Eldor Shomurodovning «Roma» bilan qachon shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Roma»da davom ettiradi.

Italiyalik insayder Janluka Di Marsioning xabar berishicha, «Roma» va «Jenoa» klublari transfer borasida kelishuvga erishgan. Rim klubi Shomurodovni sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi, bitim qiymati 17,5 million yevroni tashkil qiladi.

Shuningdek, 2,5 million miqdoridagi ehtimoliy bonuslar ham nazarda tutilgan. «Jenoa» futbolchining keyingi transferidan 10% ulushga ega bo‘ladi. Shomurodov 2 avgust, dushanba kuni shartnoma imzolash uchun Rimga yetib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodovning «Roma» bilan qachon shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi