14:00 / 30.07.2021
3 340

Rayhona Qodirova chorakfinalda jahon chempioni bilan jang qiladi


Bokschimiz Rayhona Qodirova Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki jangini o‘tkazdi. Qashqadaryolik bokschimiz Afrika vakilasiga qarshi bahs olib bordi.

Kongo DR vakilasi Yumba Naomiyega qarshi jang vakilimizning ustunligida o‘tdi va bu yakunda hakamlarning bahosida ham o‘z isbotini topdi.

Endi Qodirova yarim finalga chiqish uchun amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rayhona Qodirova chorakfinalda jahon chempioni bilan jang qiladi