Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugungi bahs olti ochkolik edi, deya olaman. Ikki jamoa ham quyi o‘rinlarda ketayotgandi. To‘g‘ri estetik jihatdan chiroyli o‘yin bo‘lmagandir. Chunki natija uchun o‘ynadik va buni qo‘lga kiritdik. Hissiyotlarga va kurashlarga boy bahs bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarda kim birinchi gol ursa o‘sha g‘alaba qozonadi. Oldingi o‘yinlarda vaziyatlar kam yaratayotgandik. Bugun gol ham urdik. Biroz bo‘shashishimiz hisobiga darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Shuni aytishim kerakki, bugun bosim yuqori edi. Futbolchilarga oxirgacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman", - deydi Aleksandr Xomyakov.
- Sardor Abduraimov va Humoyun Murtozayevning "Turon"ga o‘tishi "Mash’al" uchun katta yo‘qotishmi?
- Ha, desak ham bo‘ladi. Ular jamoamizda o‘yinni o‘z tomoniga og‘dira oladigan, hal qiluvchi futbolchilarimiz edi. Bundan havotirga tushgan vaqtimiz ham bo‘ldi. Lekin biz tavakkalga qo‘l urdik. Endilikda ularsiz vaziyatni yaxshilashga harakat qilib ko‘ramiz.
- Yangi kelib qo‘shilgan legioner haqida fikringiz qanday?
- Unda jamoaga moslashish jarayoni kechmoqda. Uni debyut o‘yin va gol bilan tabriklayman. To‘g‘ri jismoniy jihatdan hali yuqori formaga chiqib ulgurmadi.
- Garchi "Mash’al"da moliyaviy muammolar, pul yo‘q bo‘lsada jamoaga legionerlar doim keladi va natija ko‘rsatadi. Legioner futbolchini o‘ynatish ko‘p mablag‘ni talab qiladi...
- Keling moliyaviy holatni muhokama qilmaylik. Bu haqida savol menga emas, deb o‘ylayman.
- Stadiondagi projektor masalasi qachon hal etiladi?
- O‘yin haqida savol yo‘qmi? (kuladi). Ushbu savol ham menga emas, rahbariyatga berganingiz yaxshiroq.
- Jamoada asosiy darvozabon qaysi?
- Bizda uch nafar darvozabon bor. Kim yakuniy pallada yaxshi sport formasida bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Bugun Shohruh Eshbo‘tayevga ishonch bildirdik. Uning harakatlaridan mamnunman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?