09:44 / 31.07.2021
1 962

Tokio—2020. Elnur Abduraimov tojikistonlik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi


Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov 31 iyul, shanba kuni Tokio—2020 Olimpiadasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

1/8 finalda Elnur Tojikiston vakili Bahodur Usmonovga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning katta qismi to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va yakunda Abduraimov 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi.

Hamyurtimizni keyingi bosqichda armanistonlik Ovanes Bachkov kutib turibdi. Bachkov bu bosqichda ozarbayjonlik bokschi Javid Namig o‘g‘li Chelebiyevni taslim qilgan holda yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio—2020. Elnur Abduraimov tojikistonlik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi