09:59 / 31.07.2021
1 751

O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bahslardan juda erta chiqib ketdi


Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bellashuvda chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.
Unda asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlandi.
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Xenk Grol
-57 kg: Diyora Keldiyorova – Sanne Verxagen
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Tornike Tsyakadoyea
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sanne van Diyke
-90 kg: Davlat Bobonov – Noyel van Tend
+70 kg: Farangiz Hojiyeva – Guse Stinxaus

Hisob tenglashgach, yana bir qo‘shimcha vazn bo‘yicha g‘olib aniqlandi. Unda Bekmurod Oltiboyevning vazni tanlab olindi.
Afsuski, Bekmurod Oltiboyev Xenk Grolga shidolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi va raqib jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ushbu nuqtada yakunladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bahslardan juda erta chiqib ketdi