22:00 / 31.07.2021
2 050

Nihoyat, Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi


JCH-2022 saralash hal qiluvchi bosqichida o‘ynaydigan Iroq terma jamoasiga bugun yangi murabbiy tayinlandi.
Yaxshi bilasiz, saralashning ikkinchi bosqichidan olib chiqqan Srechko Katanes o‘z xohishiga binoan Iroq termasini tark etdi.

O‘tgan vaqt davomida Iroq futbol federatsiyasi bir nechta nomzodlarni o‘rganib chiqdi va yakunda niderlandiyalik murabbiy Dik Advokat nomzodida to‘xtaldi.

73 yoshli mutaxassis shu yilning may oyida murabbiylik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi, biroq Iroq futbol federatsiyasi tomonidan taklif bo‘lgach, yana o‘z ishiga qaytishni lozim topdi. Dik Advokat Iroqda faoliyat olib boradigan dastlabki niderlandiyalik murabbiy bo‘ladi.

Mashhur murabbiy bilan JCH saralash uchinchi bosqich oxirigacha shartnoma imzolandi. Agar Dik Advokat Iroqni jahon chempionatiga olib chiqadigan bo‘lsa, 300 ming dollar bonus oladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nihoyat, Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi