09:55 / 01.08.2021
2 301

Zarrux Adashev amerikalik raqibini mag‘lub etib, UFC’dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Zarrux Adashev Rayan Benuaga qarshi jangda.
Foto: Zuffa LLC / Kris Unger

Toshkent vaqti bilan 1 avgust, yakshanbaga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarrux Adashev (4-3) UFC Vegas 33 musobaqasi doirasida oktagonga ko‘tarildi.

Unga bu jangda amerikalik Rayan Benua (10-8) raqiblik qildi. Jang to‘liq 3 raund davom etdi. Hakamlar bir ovozdan Zarruxning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Zarrux UFC promoushenidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Sportchi bu g‘alabadan so‘ng UFC’da qolish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Adashev bungacha UFC’dagi ikki jangida yutqazgandi. Promoushendagi ilk jangida 32 soniya ichida nokautga uchrab, Tayson Nemga mag‘lub bo‘lgan. Ikkinchi jangida esa Su Mudaerjiga ochkolar evaziga yutqazgandi.

Ma’lumot uchun, Zarrux UFC’ga qadar Bellator promousheni bayrog‘i ostidagi musobaqalarda qatnashgan. Samarqandlik sportchi MMA’ga qadar kikboksing bilan professional tarzda shug‘ullangan.

Zarrux Adashev—Rayan Benua jangini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zarrux Adashev amerikalik raqibini mag‘lub etib, UFC’dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi