17:45 / 01.08.2021
6 317

Shomurodovning yangi jamoasidan yangiliklar!


Eldor Shomurodovning “Roma”ga transferi hali rasman e’lon qilingani yo‘q. O‘zbekistonlik futbolchi iyul oyining so‘nggi kunida Rimga kelib, yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Mashhur insayder Nikolo Skira esa, Eldor Shomurodov “Roma” bilan 2026 yilning yozigacha davom etadigan uzoq muddatli shartnomani imzolab bo‘lganini yozmoqda. Demak, tez orada bu transfer rasman e’lon qilinadi.

O‘zbekistonlik muxlislarning bundan buyon “Roma”ga befarq bo‘lmasligini inobatga olib, “bo‘rilar” atrofidagi yangilik, xabar va ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Mxitaryan Mourino bilan mojaroni unutmagan!
“Roma”ning armanistonlik legioneri Genrix Mxitaryan avval “Manchester Yuntayed”da hozirgi ustozi Joze Mourino qo‘l ostida to‘p surgan va o‘rtadagi mojaro tufayli Angliyani tark etgandi. Taqdir ularni Italiyada uchrashtirdi.
- Men “Roma” bilan shartnomani uzaytirish borasida bir daqiqa ham shubhalanganim yo‘q. Faoliyatimni davom ettirish uchun to‘g‘ri qaror qabul qildim. Aslida menda Italiyaning boshqa klublaridan va boshqa chempionatlardan ham takliflar bor edi. Lekin “Roma”ni tanladim.
Mourino va mening o‘rtamdagi mojaro Manchesterda ro‘y bergan va o‘sha yerda qolgan. Biz uchrashdik, gaplashib oldik va “Roma” kelajagi uchun umumiy yo‘ldan ketishga qaror qildik. Ikkimiz ham rimlik muxlislar uchun sovrinlar yutishni istaymiz va yangi mavsumda eng muhimi shu, - dedi Genrix Mxitaryan.

“Arsenal” futbolchisini bermasa, Germaniyadan o‘yinchi olamiz!
“Roma” yozgi transferlar vaqtida “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakaga ham xaridor bo‘layotgan edi. Biroq, londonliklar shveysariyalik futbolchi bilan yangi bitim tuzishga harakat qilayotgani va Jakani qolishga ko‘ndirgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Rim klubi esa darrov zaxira variantini tanladi. Agar Joze Mourino Granit Jakani qo‘lga kirita olmasa, “Borussiya”dan iste’dodli yarim himoyachi Tomas Dileynini taklif qiladi.

Daniyalik futbolchi dortmundliklar tarkibida 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. U Germaniyaga 20 million yevro evaziga aynan “Roma”dan yo‘l olgan edi. O‘tgan mavsumda Dileyni Bundesligada 20 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.

“Roma” taklifini qabul qilmadim!
“Milan” klubining yangi darvozaboni Mayk Menyan unga “Roma”dan jiddiy taklif bo‘lganini oshkor qildi.
- Aslida Paolo Maldini bilan suhbatlashish juda yoqimli bo‘ldi. Biz, ancha avval – o‘tgan mavsum oxirida gaplashgan edik va shartnoma faqatgina Janluiji Donnarumma ketganidan keyin imzolandi. Donnarumma “Milan”ga katta hissa qo‘shgan va men ham uning ishini davom ettiraman. Menga “Roma” vakillari ham aloqaga chiqqan edi. Lekin men “Milan”ni tanladim, - dedi Mayk Menyan.

“Milan” klubi “Lill”ga ushbu darvozabon uchun 13 million yevro to‘ladi. O‘tgan mavsumda Menyan Fransiya chempionatida
38 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z darvozasidan 23 ta to‘p olib chiqdi va mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Jeko sardorimiz bo‘lib qolaveradi!
Genrix Mxitaryan “Roma”da sardor masalasiga oydinlik kiritdi. O‘tgan mavsumda sobiq bosh murabbiy Paulu Fonseka o‘zaro shaxsiy mojaro tufayli Edin Jekodan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ygandi.

Keyinchalik sardorlik vazifasi yarim himoyachi Lorenso Pellegriniga yuklatilgan edi.
- Bu mojaro dahshatli vaziyat bo‘lgandi. Barchamiz jamoa manfaati uchun harakat qildik va mavsum oxiriga kelib, buni uddaladik. Jeko bog‘ichsiz ham haqiqiy sardorimiz bo‘lib qolaveradi. Uni hamma xarakteri uchun yaxshi ko‘radi va tajribasini  qadrlaydi. Sardorlik bog‘ichi bu vaziyatda hech qanday rol o‘ynamaydi, - dedi Genrix Mxitaryan.

Mourino mashhur himoyachidan voz kechdi
Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lgan Allesndro Florensining mahorati Joze Mourinoni qoyil qoldirgani yo‘q. Portugaliyalik mutaxassis italiyalik  himoyachini transferga qo‘yib yubordi.

Ayni paytda ta’tilda dam olayotgan futbolchiga klub mutasaddilari bog‘lanib, Joze Mourinoning qarorini yetkazishgan.
Alessandro Florensi “Roma” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010 yildan beri Rim klubi a’zosi hisoblangan futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida PSJda o‘tkazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning yangi jamoasidan yangiliklar!