22:13 / 01.08.2021
2 965

Superliga. "Vodiy derbisi"da "Navbahor"ning qo‘li baland keldi


O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Viktor Jalilov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Azim Ahmedov kuchli zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakuniga qadar Sardor Telyakov hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. So‘nggi soniyalarda mehmonlar hisobni bittaga qisqartirdi.

Shu tariqa, ochkolari sonini 17 taga yetkazib olgan "lochinlar" 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Qo‘qon-1912" 15 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

"Qo‘qon-1912" – "Navbahor" 1:2
Gol:
Azim Ahmedov 13, 0:1 Sardor Telyakov 81, 0:2 Murod Holmuhammedov, 90+6 1:2
"Qo‘qon-1912": 1.Muzaffar Abdullayev, 3.Bobirjon Akbarov, 8.Farhodbek Bekmurotov, 10.Shohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov, 14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 46.Xurshid Xodjayev, 4.Ilhom Vahobov, 5.Slavko Lukich, 11.Mo‘min Meliyev, 18.Anvar Hojimirzayev, 19.Suhrob Berdiyev, 20.Iqbol Malikjonov, 91.Yakuba Bamba, 99.Andrey Sidorov.

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 14.Kosta Guttiner, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Ibrohim G‘anixonov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 88.Boyan Naydenov.
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 5.Xushnud Avilov, 8.Sardor Telyakov, 11.Islomjon Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe, 28.Ilhom Alijonov, 33.Mirzohid Mirzamahmudov, 95.Zabihillo O‘rinboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Vodiy derbisi"da "Navbahor"ning qo‘li baland keldi