22:23 / 01.08.2021
2 210

Superliga. "Qizilqum" safarda "Metallurg"ni mag‘lub etdi


O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Mate Vatsadze chiroyli tarzda uchrashuvda hisobni ochdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Elguja Grigalashvili oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.

O‘yinning 67-daqiqasida "Metallurg" futbolchisi Ibrohim Ibragimov burchak to‘pidan gol urib, hisobni qisqartirdi.

"Metallurg" – "Qizilqum" 1:2
 Gol:
56 - Mate Vatsadze (0:1), 64 - Elguja Grigalashvili (0:2), 67 - Ibrohim Ibragimov (1:2)
"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Ruslan Roziyev (90. Abdurahmon Abdulhaqov.71), 8. Salamat Quttiboyev, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov (10. Shahzodbek Nurmatov,71), 30. Ibrohim Ibragimov, 48. Dilshod Rahmatullayev, 55. Akbar Ismatullayev (s), 80. Farrux Ibragimov, 98. Damir Temirov (15. Zohid Abdullayev,62).
Zaxira: 1. Akmal Tursunboyev, 4. Odilbek Abdumajidov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 25. Shahzodjon Ne’matjonov, 28. Stanislav Andreyev, 77. Muhammad Isayev.

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullayev, 7. Islom Kenjaboyev, 8. Georgiy Kuxianidze, 10. Mate Vatsadze ( 92. Vladislav Aleksin, 75), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Salim Mustafoyev, 18. Jasur Azimov (19. Jamshid Hasanov,82), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 30. Elguja Grigalashvili, 75. Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22. Artyom Makosin, 4. Mirjalol Qosimov, 9. Behruz Sadilloyev,  25. Azizbek Usmonov, 32. Ilhomjon Kenjayev, 44. Humoyun Abdualimov, 71. Timur Nabiyev.
Ogohlantirish: Farrux Ibragimov - 48, Erkin Boydullayev - 57, Akbar Ismatullayev - 59, Ibrohim Ibragimov - 61, Zohid Abdullayev - 64, Islom Kenjaboyev - 68.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qizilqum" safarda "Metallurg"ni mag‘lub etdi