10:01 / 03.08.2021
2 375

"Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz"


"Roma" bosh menejeri Tyagu Pintu jamoaning yangi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Eldor - kelajakda rivojlanish uchun katta salohiyatga ega hujumchi. U o‘zi yaxshi biladigan ligada va "Roma"da o‘zini ko‘rsatishni juda ham xohlamoqda.

"Istaklari bilan bir qatorda, uning o‘yinchi borasidagi sifatlari ham murabbiyimiz [Mourinyu] xohlagan uslubga mos keladi va shu sabab biz uni klubimizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz", - deydi Pintu.

Eslatib o‘tamiz, "bo‘rilar" o‘zbekistonlik futbolchi uchun "Jenoa"ga 17,5 mln yevro to‘lashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" bosh menejeri: "U Mourinyu istagan sifatlarga ega, uni jamoamizda ko‘rib turganimizdan xursandmiz"