12:15 / 04.08.2021
2 518

Bahodirdan faqat nokaut kutamiz. Bahodir Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi


Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finaliga yo‘l oldi.

Uning oltin medal uchun kechadigan bahsda AQSH vakili Richard Torres raqiblik qiladi. Torres yarim finalda qozog‘ictonlik Qavshibek Ko‘nkabayevni mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodirdan faqat nokaut kutamiz. Bahodir Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi