15:30 / 04.08.2021
3 339

OFK kubogi-2021. "Nasaf" "Ahal"ni yutsa keyingi bosqichda kimlar bilan o‘ynashi ma’lum


Bugun 2021 yilgi OFK kubogi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra "Nasaf" klubi 25 avgust kuni Turkmanistonning "Ahal" klubini Qarshida mag‘lub etsa Inter zonal yarim finaliga chiqadi va bu bahs ham Qarshida o‘tadi.

Bu bosqichda "Ajdarlar"ga Janubiy mintaqa ya’ni "D" guruhi g‘olibi raqib bo‘ladi. Bu guruhda qaysi jamoalar borligi quyida yozilgan.
"Nasaf" bu bosqichda ham zafar quchsa Inter zonal finalga chiqadi va yana o‘z maydonida o‘ynaydi. Raqib Gonkongning "Li Man" klubi bo‘ladi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari bu o‘yinda ham g‘olib bo‘lishsa OFK kubogi finaliga chiqishadi. Finalga G‘arb mintaqasidagi to‘rtta klubdan biri chiqadi.

G‘ARBIY MINTAQA
20 sentabr

"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Al Ahad" (Livan)

21 sentabr
"Al Kuvayt" (Kuvayt) - "Al Salt" (Iordaniya)

MARKAZIY MINTAQA
25 avgust
"Nasaf" (O‘zbekiston) - "Ahal" (Turkmaniston)

JANUBIY MINTAQA
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Bashundxara Kings" (Bangladesh)
"Maziya" (Maldiv orollari)
"Bengaluru" (Hindiston) yoki "Igls" (Maldiv orollari)
------
G‘ARBIY MINTAQA FINALI
"Al Muharraq" - "Al Ahad" g‘olibi - "Al Kuvayt" - "Al Salt" g‘olibi

INTЕR ZONAL YARIM FINAL
"Nasaf" - "Ahal" g‘olibi - Janubiy mintaqa guruh bosqichi g‘olibi

INTЕR ZONAL FINAL
Inter zonal yarim final g‘olibi - "Li Man" (Gongkong)

OFK KUBOGI-2021 FINALI
G‘arbiy mintaqa finali g‘olibi - Inter zonal final g‘olibi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK kubogi-2021. "Nasaf" "Ahal"ni yutsa keyingi bosqichda kimlar bilan o‘ynashi ma’lum