19:49 / 06.08.2021
4 859

Bekzod Abdurahmonov Nigora Tursunqulova bilan turmush qurmoqda


Bundan biroz avval Tokio-2020 bronza medali sovrindori bo‘lgan Bekzod Abdurahmonov tez orada turmush quradi.
Mahoratli kurashchimizning oila a’zolari "Sport" telekanalidagi suhbat davomida kelin taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nigora Tursunqulova ekanini aytib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 da bokschi Bahodir Jalolov bilan birga bayroqdor bo‘lgan Nigora Tursunqulova ilk bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa bilan erta xayrlashgan edi.

Ma’lumot uchun, Bekzod Abdurahmonov 1990 yilning 15 martida Toshkentda tug‘ilgan. U faoliyati mobaynida 2 martadan Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan. 2018 yilgi Jahon chempionatida esa bronza medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Bekzod Rio—2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.

Nigora Tursunqulova esa 1999 yilning 4 aprel sanasida Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U taekvondo bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi. Shuningdek, Nigora Jakartada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Qayd etish o‘rinli, bungacha ham o‘zbekistonlik sportchilar o‘zaro oila qurgan holatlar bo‘lgan. Xususan, og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov 2020 yilning fevral oyida sinxron suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi Almira Mamatkazinaga uylangandi. Shuningdek, gimnastikachi Oksana Chusovitina va yunon-rum kurashi ustasi Bahodir Qurbonov ham oila qurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bekzod Abdurahmonov Nigora Tursunqulova bilan turmush qurmoqda