22:50 / 06.08.2021
3 052

"Al Sadd" Messiga 1 mlrd yevro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qildi


Qatarning "Al Sadd" klubi erkin agent maqomida bo‘lgan argentinalik hujumchi Lionel Messini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar hamda bitim La Liga reglamentiga mos kelmasligi tufayli 34 yoshli forvard bilan yangi shartnoma imzolay olmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar klubi Messiga 1 milliard yevro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Argentinalik futbolchi "Barsa"da o‘tgan bir yil davomida shartnoma bo‘yicha 92 million dollar ishlab topgan.

Eslatib o‘tamiz, "Al Sadd"ga Messining "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Xavi murabbiylik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Sadd" Messiga 1 mlrd yevro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qildi