22:26 / 06.08.2021
2 221

Qizil kartochka va hisoblanmagan gol. "Bunyodkor" "Mash’al" bilan durang o‘ynadi


Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Mash’al" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

24-daqiqada Sirojiddin Allayev Ravshan Yagudin qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. 77-daqiqada esa Ibrohim Tomivaning uzatmasidan so‘ng Farruh Ikromov zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi.

90-daqiqada Ibrohim No‘’monovning yuziga tepib yuborgani uchun Shavkat Nasibullayev "Bunyodkor" futbolchisi Nurillo To‘xtasinovni maydondan chetlatdi. Ikkinchi bo‘limning hakam tomonidan qo‘shib berilgan uchinchi daqiqasida Samuel Chigozi "Bunyodkor" darvozasiga gol kiritdi. Ammo VARdan so‘ng mazkur gol inobatga olinmadi.

Shu tariqa, "qaldirg‘ochlar" hisobidagi ochkolar soni 19 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. 13 ochkosi bo "Mash’al" esa 11-pog‘onanani ban etgan.

"Mash’al" – "Bunyodkor" - 1:1
Gollar:
Sirojiddin Allayev 24, - 1:0 (Sirojiddin Qo‘ziyev). Farruh Ikromov 77, - 1:1 (Ibrohim Tomiva).
"Mash’al": 12.Shohruh Eshbo‘tayev, 7.Ifeani Ifeani, 9.Oybek Nurmatov (99.Jahongirbek Abdusalomov, 57), 11.Samuel Chigozi, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Jamoliddin Ubaydulloyev, 18.Abbos Shodmonov (77.Ibrohim No‘’monov, 46), 20.Xudoyorxon Sagdullayev (2.Zafarbek Akramov, 79), 22.Sirojiddin Qo‘ziv, 27.Muhammadali Yo‘ldoshev (13.Shahzod Shaymanov, 86), 33.Sirojiddin Allayev.
Zaxira: 1.Botir Nosirov, 5.Najiddin Normurodov, 19.Qahramon Bahodirov, 67.Zoyirjon Tursunov, 97.Ruslan Xojiyev.

"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin (71. Sarvar Karimov, 46), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Farhod Mirahmatov (19.Nurillo To‘xtasinov, 57), 9.Farruh Ikromov, 10.Xurshid G‘iyosov (22.Shahboz Erkinov, 72), 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Odiljon Abdurahmonov, 26.Ulug‘bek Abdullayev, 30.Abdulla Abdullayev, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 3. Dian Talxatov, 21. G‘ayrat Azizxo‘jayev, 35. Aziz Pirmuhammadov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 48. Valeriy Akopov, 52.Bilol Tupliyev.
Ogohlantirishlar: Farhod Mirahmatov 23, Jaloliddin Ubaydullayev 72, Odiljon Abdurahmonov 85.
Chetlatish: Nurillo To‘xtasinov 90+1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qizil kartochka va hisoblanmagan gol. "Bunyodkor" "Mash’al" bilan durang o‘ynadi