20:45 / 07.08.2021
2 603

O‘FA "Paxtakor" sobiq ustoziga taklif bilan chiqqan, biroq...


Xabaringiz bor, ayni paytda O‘FA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, O‘FA ko‘plab murabbiylar qatori "Paxtakor" klubi sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovichga ham taklif bilan chiqqan.

Murabbiyda O‘zbekiston mamlakatidan ajoyib xotiralar qolgan, biroq ayni paytda Chernogoriya terma jamoasini boshqarayotgani bois taklifni rad qilishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Radulovich 2010 yilda qisqa muddat "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2020 yil dekabr oyidan buyon Chernogoriya terma jamoasini boshqarmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA "Paxtakor" sobiq ustoziga taklif bilan chiqqan, biroq...