Bundan biroz avval Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi so‘nggi o‘zbekistonlik sportchi – Bahodir Jalolov finalda amerikalik bokschini taslim qilgan holda terma jamoamiz hisobiga 3-oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan Olimpiadani yakunladi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi hozirda 3 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31-o‘rinni egallab turibdi.
Ushbu natijani MDH mamlakatlari orasida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Rossiya Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasidan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan so‘ng 2-o‘rin qo‘shni Qirg‘iziston delegatsiyasiga nasib etdi. 16 nafar sportchi bilan Olimpiadaga borgan Qirg‘iziston yakunda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston (1 ta kumush) va Qozog‘iston (8 ta bronza) egalladi. Tojikiston esa musobaqani medalsiz yakunladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi