07:40 / 10.08.2021
2 528

Bekzod Abdurahmonovga mag‘lub bo‘lgan qozog‘istonlik sportchi afsusda


Qozog‘istonlik erkin kurashchi Daniyar Kaysanov Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kirita olmaganiga izoh berdi.

"Assalomu alaykum barchaga. Menga ishonganlarning ishonchini oqlay olmadim. Biz otam bilan bolaligimdan ushbu Olimpiadaga tayyorlangandik, eng alamlisi otamning orzusini amalga oshira olmadim va shohsupaga ko‘tarilolmadim. Olimp cho‘qqisiga chiqish har kimga ham nasib etavermaydi. Ammo biz buning uchun harakat qilib ko‘rgandik...", - deb xabar qoldirdi Kaysanov Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Kaysanov Tokio Olimpiadasida bronza medali uchun kechgan bahsda hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonovga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bekzod Abdurahmonovga mag‘lub bo‘lgan qozog‘istonlik sportchi afsusda