15:53 / 10.08.2021
2 029

Mourinyu "Roma"dan Abraxam bilan shartnoma imzolashni so‘radi


"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis klubdan "Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam bilan shartnoma imzolashni so‘ragan.

London klubi Abraxamni sotishga tayyor, ammo ushbu transferdan 47 million yevro ishlab olmoqchi. "Roma" bu narx ko‘tarib yuborilgan deb hisoblamoqda va xarid qilish imkoniyati bilan forvardning ijarasi borasida kelishishga urinmoqda.

Hujumchi o‘tgan mavsum "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 32ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu "Roma"dan Abraxam bilan shartnoma imzolashni so‘radi