16:48 / 12.08.2021
1 646

Ramos Messi va uning oilasiga birga yashashni taklif qildi

Ramos Messi va uning oilasiga birga yashashni taklif qildi

PSJ himoyachisi Serxio Ramos Parijdagi yangi jamoadoshi Lionel Messiga yordam berishga qaror qildi.
El Pais xabariga ko‘ra, Ramos argentinalik yulduz va uning oilasini mehmonxonada emas, o‘z uyida qolishga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikkala futbolchi ham shu yoz PSJ safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.
Ramos bundan oldin "Real" da 16 yil o‘ynagan. Messi esa butun faoliyatini "Barselona" da o‘tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ramos Messi va uning oilasiga birga yashashni taklif qildi
[/banner_pushhouse