13:53 / 13.08.2021
3 690

Mourino bilan ko‘rishishimga ruxsat berishmayapti!

Mourino bilan ko‘rishishimga ruxsat berishmayapti!
“Roma”ning argentinalik yarim himoyachisi Xaver Pastoreni klub rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino bilan uchrashishiga yo‘l bermayapti.

- Meni asosiy guruhda mashg‘ulot o‘tashim tugul, Mourino bilan ko‘rishishga ham ruxsat berishmayapti. Murabbiyga o‘z o‘yinimni ko‘rsatishim uchun ham hech qanday imkon yo‘q. Men “Roma” sotishi va ijaraga berishi kerak bo‘lgan 20 nafar futbolchi bilan mashq qilib yuribman, - dedi Xaver Pastore.

Xaver Pastore “Roma”ga 2018 yilda 24 million yevroga transfer qilingan edi. Biroq, jarohatlar va o‘yin sifati tufayli Rim klubi yetakchilari qatoriga qo‘shila olmadi.

Mashhur futbolchi Argentinadan Yevropaga ko‘chib o‘tganidan keyin Italiyaning “Palermo” va Fransiya grandi PSJ tarkibida o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino bilan ko‘rishishimga ruxsat berishmayapti!