20:47 / 13.08.2021
2 251

Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lish taklifini rad etgan ekan

Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lish taklifini rad etgan ekan
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) milliy terma jamoaga yangi murabbiy tanlashda portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush bilan ham muzokara o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA media bo‘limi rahbari Davron Fayziyev ma’lum qildi.

Fayziyevning ta’kidlashicha, O‘FA ko‘plab nomzodlar qatori Keyrush bilan ham bog‘langan. Biroq mutaxassis oilaviy sabablar bilan Mozambikda ekani va ayni vaqtda terma jamoani qabul qila olmasligini bildirgan.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bosh murabbiy bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Keyrush JCH—2018 musobaqasidan keyin O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar yangragandi. Biroq keyinchalik mutaxassis Erondan ketmadi va O‘zbekiston terma jamoasiga Ektor Kuper olib kelindi.

2019 yilda Keyrush Kolumbiya terma jamoasi ustoziga aylandi. Qoniqarsiz natijalardan keyin 2020 yilda Kolumbiyadan iste’foga chiqarildi. Karlush murabbiylik faoliyati davomida Eron, JAR, BAA va Portugaliya kabi terma jamoalar, «Real Madrid», «Manchester Yunayted» (yordamchi murabbiy), «Nagoya Grampus» va «Sporting» singari klublarda ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lish taklifini rad etgan ekan