13:34 / 14.08.2021
2 786

Messi tufayli PSJning o‘n futbolchisi yangi jamoa qidiradi

Messi tufayli PSJning o‘n futbolchisi yangi jamoa qidiradi
“Barselona”dan ketgan Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin PSJ rahbariyati birinchi jamoaning o‘n nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘ldi.

Sport.es nashri tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, parijliklar, birinchi navbatda, yarim himoyachilardan Idriss Guye va Ander Errera, hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashadi. Shu o‘rinda, Lionel Messi o‘z hamyurti Mauro Ikardi bilan chiqisha olmasligini ta’kidlash lozim. Ikardi aynan Messining talabi bilan Argentina terma jamoasiga jalb etilmaydi.

Shuningdek, Maurisio Pochettino kelasi mavsumda Tilo Kerer, Abdu Diallo, Rafinya, Serjio Riko, Leyven Kurzava va Pablo Sarabiya kabi yana bir necha futbolchiga imkoniyat bermasligini ma’lum qilgan.

PSJ mavsum oralig‘ida Lionel Messidan tashqari Jorjino Veynaldum, Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Serxio Ramos va Danilo Pereyra kabi yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi tufayli PSJning o‘n futbolchisi yangi jamoa qidiradi