14:03 / 14.08.2021
11 210

“Shomurodov transferida “Jenoa” bizni “uxlatdi”, deb o‘ylagandim!..”

“Shomurodov transferida “Jenoa” bizni “uxlatdi”, deb o‘ylagandim!..”
Eldor Shomurodov yangi jamoasi “Roma” safida tez orada boshlanadigan yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbek hujumchisi yig‘in davomida “Betis” darvozasiga gol urib, “Roma” muxlislari e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Joze Mourino shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 14 avgust kuni Marokashning “Raja Kasablanka” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ayni paytda rimlik futbol ishqibozlari Eldor Shomurodovning yangi mavsumdagi imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga italiyaliklarning Eldor haqidagi eng qiziq fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Aldo Spinelli: Eldor “Betis”ga qarshi zo‘r o‘ynaganidek harakat qilsa, biz bir necha yil yaxshi hujumchiga ega chiqqan bo‘lamiz.

Leonardo Ferrara: O‘zbek o‘z o‘yini bilan qoyil qoldirdi. Hozir biz sobiq Ittifoq o‘yinchilarini yaxshiroq tanlay olishni o‘rganibmiz. Shomurodov va Mxitaryan 10-20 yil muqaddam Rimda o‘z iste’dodini namoyish qila olmagan Gurenko va Alenichevdan ancha yaxshi o‘ynar ekan.

Fabiano Aquilani: Boshida Shomurodov transferida “Jenoa” bizni 17 million yevroga “uxlatdi”, deb o‘ylagandim. Aslida biz ularni “uxlatibmiz”.

Marco De Luca: Eldorning “Roma”dagi debyuti fantastik bo‘ldi. Menimcha, men yangi yetakchi kim ekanini bilaman. U bizni qutqarishi kerak!

Elia Di Grazia: Shomurodov “Roma” uchun atigi 67 daqiqa o‘ynadi va bu qisqa fursat muxlislar qalbini zabt etish uchun yetarli bo‘ldi.

Enrique Spiteri: Bo‘lajak o‘yinlarda Shomurodov o‘zini ko‘rsatishiga ishona boshladim.

Matteo Ferretti (Enrique Spiteri fikriga javoban): Shomurodov “Betis”ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatib bo‘ldi. Uning o‘yin sifatiga shubham qolmadi. Qolganlar ham harakatini qilsin!

Davide Betti: Eldorning marokashliklarga qarshi o‘yinini ko‘rishni istayman. “Betis”ga gol urgan hujumchi keyingi o‘yinda ko‘proq to‘p kiritishi kerak.

Marina Di Paolo (Davide Betti fikriga javoban): “Betis”ga urilgan ikkinchi gol ham o‘zbekning mehnati evaziga kiritilganini inobatga olsak, u zo‘r o‘yinchi ekan. Kasablanka jamoasiga uchta gol urishi kerak.

Marco Pallone: Shomurodov – “Roma”ning eng qimmat yangi o‘yinchisi. Yangi mavsumda o‘zini ko‘rsatishiga umid qilaman.

Stefano Cicutti: Shomurodov gol urishni davom ettirsa, bizga boshqa hujumchi kerak bo‘lmaydi. Mayoral, Shomurodov va Jeko – kuchli uchlik!

Aldo Gonzalez: Hujumdagi yetakchilarimiz Shomurodov va Mxitaryan bo‘lishi kerak. Ular bir-birini yaxshi tushunsa kerak.

Matteo Brizzi: Shomurodov gol urishiga pul tikishga tayyorman. “Betis”ga qarshi o‘yinda unga tan berdim.

Fiore Pezzó: “Roma” hujumchisi aynan Shomurodovdek bo‘lishi kerak.

Soufiane Da Costa: Nihoyat, endi hujumchi masalasida omadli transferni amalga oshirdik. Eldor, senga ishonyapmiz!

Mauro Marrani: Shomurodovni qimmat deganlar uning o‘yinini bir ko‘rsin!

Valerio Tauro: Shomurodov raqibni pressing qilishi va himoyada ham faolligi bilan menga yoqdi. “Roma”da uni yorqin kelajak kutmoqda!

Mario Noferini: Shomurodovdan qattiq shubhalanganimni tan olaman. “Betis”ga qarshi birinchi o‘yinidan keyin unga ishonchim uyg‘ondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Shomurodov transferida “Jenoa” bizni “uxlatdi”, deb o‘ylagandim!..”