20:00 / 14.08.2021
3 059

Messi “Barsa”ni “o‘pirib” ketdi

Messi “Barsa”ni “o‘pirib” ketdi
“Barselona” rahbariyati PSJga o‘tib ketgan Lionel Messiga 52 million yevro to‘lab berishi kerak.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar koronavirus pandemiyasi vaqtida yuzaga kelgan moliviy inqiroz vaqtida Lionel Messidan maoshini keyinchalik to‘lab berish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bu kelishuv “Barselona”ni Xosep Mariya Bartomeu boshqargan davrda tuzilgan.

Unga ko‘ra, “Barselona” argentinalik hujumchiga 2021-2022 yillar davomida 52 million yevro to‘lash kerak.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar Messiga sadoqati uchun bonus tariqasida yana 39 million yevro to‘lashi ham shart qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi “Barsa”ni “o‘pirib” ketdi