23:53 / 14.08.2021
2 662

Ulug‘bek Baqoyev: "Biz g‘alabaga munosib emasdik. "Turon"ni g‘alaba bilan tabriklayman"

Ulug‘bek Baqoyev: "Biz g‘alabaga munosib emasdik. "Turon"ni g‘alaba bilan tabriklayman"
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Turon" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Turon"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular buni ko‘proq istashgani ko‘rinib turdi. To‘g‘ri bugun chiroyli o‘yin ko‘rmagandirmiz. Lekin yigitlar harakat qilishdi, intilishdi. Biz g‘alabaga munosib emasdik. Bu nima bilan bog‘liq bilmadim. Hozir ortiqcha gapirmoqchi emasman. Raqibga keyingi o‘yinlarda omad tilayman".

Jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurashar ekan bosim bo‘lishi tabiiy. Har bir turda istalgan jamoa bilan o‘yinlarda shunday holat yuz beradi. "Turon" o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimizga yo‘l qo‘ymadi. Futbolchilarimning mehnatini qadrlayman va minnatdorchilik bildiraman. Raqiblarimizning qaysi o‘rinda ketayotganidan qat’iy nazar hurmat bilan qarashimiz kerak", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

- Hisobda ortda borayotganda hujumchi o‘rniga tayanch yarim himoyachini tushirdingiz. Hujumchining o‘rniga shu pozitsiya vakilini maydonga chiqarib o‘yinni kuchaytirish imkoni bor edimi?
- Bu bizning taktik sxema. Bugungi o‘yinda ish bermagan bo‘lsa, keyingi bahsda ish beradi.

- Bugungi mag‘lubiyatda asosiy faktor nima bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?
- Menimcha raqibni keraklicha hurmat qilmadik va shunga yarasha tayyorlanmadik. Har bir jamoani u hatto Birinchi liga klubi bo‘lsa ham hurmat qilinmasa natija kelmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Biz g‘alabaga munosib emasdik. "Turon"ni g‘alaba bilan tabriklayman"