23:40 / 14.08.2021
2 138

Igor Shkvirin: "Superligadan kim tushib ketadi? Hammasi oldinda"

Igor Shkvirin: "Superligadan kim tushib ketadi? Hammasi oldinda"
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Turon" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yin strategik jihatdan biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. G‘alaba zurar edi. Futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. O‘yinga "So‘g‘diyona"ni o‘rgangan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Bizga ishonch bildirayotgan rahbariyatimizga ham katta minnatdorchilik bildiraman. Garchi o‘yin muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsada, ishoamanki televizor ortida ko‘plab yaypanlik ishqibozlar bizga dalda berib turishdi. Barchalarini jamoa nomidan tabriklayman", - deydi Igor Shkvirin.

- Humoyun Murtazoyev bugun biroz orqaroqda harakat qilgani sizning ko‘rsatmangiz bilan bog‘liqmi?
- Ha. Chunki tarkibimizdagi Sinisha Babich hali tuzalgani yo‘q. Sardor Abduraimov ham tayyor emas. Shu bois Humoyunni hujumchi ortida sinab ko‘rishga qaror qildik.

- Bugungi uchrashuvda qaysi futbolchi o‘zini ko‘rsata oldi?
- Men aynan bitta futbolchini ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim. Barcha futbolchilar ko‘rsatmalarni bajarishdi. Maydonda birinchi o‘rinda xohish va ishtiyoq yuqori ekanligi ko‘rinib turdi. Futbolda qanotlardan tashkil qilingan hujumlar markazdan uyushtirilgan hujumdan ko‘ra doim keskinroq bo‘ladi. Shuningdek muxlislarga ham manzur keladi. Bizda qanotda Bilol Toshmirzayev yaxshi o‘ynamoqda. Unda dribling bor. Umid qilamanki bu bizga foyda keltiradi.

- Sunnatilla Abdullajonovning holati qanday?
- Uning jarohati xavfli emas. Bu futbolda bo‘lib turadigan holat. Jiddiy narsa yo‘q.

- Ayni paytda Superligada qolish uchun quyi o‘rinlardagi jamoalar orasida raqobat kuchli kechmoqda. Sizningcha qaysi jamoalarning Superligadan tushib ketish ehtimoli bor?
- Bu haqida gapirish qiyin. Masalan kecha "Surxon" "Andijon"ni mag‘lub etdi. "Mash’al" "Paxtakor" bilan qanday o‘ynaganini hamma ko‘rdi. Toshkentda durang natijaga erishishi ham mumkin edi. Shunday ekan hammasi oldinda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin: "Superligadan kim tushib ketadi? Hammasi oldinda"