17:39 / 15.08.2021
2 738

Men “Roma” bosh murabbiyi bo‘laman!

Men “Roma” bosh murabbiyi bo‘laman!
Yaqin o‘tmishda “Roma” tarkibida porlagan yarim himoyachi Daniele de Rossiya vaqti kelib, Rim klubini boshqarishni orzu qilayotganini aytdi. De Rossi Yevropa chempionatidagi g‘alabadan keyin Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini shtabini tark etgandi.

- Terma jamoadan ketish haqidagi qarorga kelish men uchun og‘ir bo‘ldi. Doimo terma jamoa oldida qarzdor bo‘lib qolaman. Bir narsa aniq – men murabbiy bo‘lmoqchiman. Albatta, 38 yoshimda bu gapim g‘alati tuyuladi. Men kelajakda “Roma”ning bosh murabbiyi bo‘lishni istayman va bu qachonlardir ro‘yobga chiqadi, - dedi Daniele de Rossi.

Daniele de Rossi 2002-2019 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Bu davr ichida mog‘ir yarim himoyachi 459 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. De Rossi Italiya terma jamoasi safida 117 marotaba maydonga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Men “Roma” bosh murabbiyi bo‘laman!