18:38 / 15.08.2021
2 469

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi
Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun puxta tayyorgarlik olib bormoqda.

Bahodir Ahmedov shogirdlari nufuzli musobaqadan oldin Ispaniya va Portugaliyada xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Rejaga ko‘ra, bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Madriddagi Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi sport majmuasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi