22:38 / 15.08.2021
2 612

"Garov o‘ynayman, Messi PSJ bilan YECHLni yuta olmaydi"

"Garov o‘ynayman, Messi PSJ bilan YECHLni yuta olmaydi"
PSJ hujumchisi Lionel Messi yangi jamoasi bilan Chempionlar Ligasida chempion bo‘la olmaydi. "Kristal Pelas"ning sobiq egasi Saymon Jordan shunday fikr bildirmoqda.

"Bu oqilona, qonuniy transfermi? Ha, ehtimol. Biz haligacha Leoni 26 yoshli futbol yulduzi deb o‘ylayapmiz. U PSJ bilan YECHLni yuta oladimi? Garov o‘ynayman, yo‘q", - dedi Jordan.

Eslatib o‘tamiz, Messi Parij klubiga "Barselona"dan erkin agent maqomida kelib qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzoladi. Leo parijliklar safida yiliga 35 million yevro maosh oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Garov o‘ynayman, Messi PSJ bilan YECHLni yuta olmaydi"