22:43 / 16.08.2021
2 453

Joze Mourino: Men matbuotni sog‘indim

Joze Mourino: Men matbuotni sog‘indim
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasi orqali xabar berdi.

"Men kulyapman, chunki menda rekord - 40 kun intervyu bermadim. Bu men uchun bor e’tiborni ishga qaratgan va matbuotdagi do‘stlarimni unutgan ajoyib vaqt bo‘ldi. Bugun men "Roma" matbuot xizmatiga intervyu berdim, buni ertaga ko‘rasiz. Rostini aytsam, u yerda qiziq narsa yo‘q. Men matbuotni yaxshi ko‘raman, uni juda sog‘indim", - deb yozdi Mourino.

"Roma" 19 avgust kuni UYEFA Konferensiyalar ligasida Joze Mourino qo‘l ostidagi birinchi rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. Jamoaning raqibi "Trabzonspor" bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: Men matbuotni sog‘indim