23:11 / 16.08.2021
4 177

Shomurodov bizni Chempionlar ligasiga olib chiqadi!

Shomurodov bizni Chempionlar ligasiga olib chiqadi!
19 avgust kuni “Roma” uchun rasman mavsum boshlanadi. Rimliklar UYEFA Konferensiyalar kubogi pley-off bosqichi dastlabki uchrashuvida safarda Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasi bilan kuch sinashadi.

“Roma” rahbariyati ham, rimlik muxlislarni ham UYEFAning uchinchi darajali musobaqasi qoniqtirmaydi. Ular jamoa Chempionlar ligasida o‘ynashi orzu qilmoqda.

Rim klubi ishqibozlari jamoaning yangi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘z gollari bilan “Roma”ni Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqishiga ishonmoqda.

Shomurodovga ishonchi oshib borayotgan “Roma” muxlislarining ijtimoiy tarmoqlardagi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola qilishda davom etamiz.

Ivan Balbina: Men Eldor Shomurodovni jamoamiz afsonasi Franchesko Tottiga o‘xshatyapman. Uning ajoyib zarbasi bor va jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratyapti. Doim to‘pni sherigiga uzatishga tayyor, jamoa uchun o‘ynamoqda. Bizga aynan mana shunaqa futbolchi yetishmayotgan edi.

Marcello Leone: “Jenoa” fanatlari Shomurodovning transferidan nega xafa bo‘lganini endi tushundim. U ko‘rsatayotgan o‘yin futbolchining narxi 17 million yevrodan ancha baland ekanidan dalolat bermoqda.

Andrea Schifano: Shomurodov – xuddit Mourino singari yozdagi eng asosiy transferimiz. Mening fikrimcha, jamoamiz Eldor yordamida Chempionlar ligasiga qaytishga tayyor.

Simone Fumasoli: Eldor o‘zbeklarning Batistutasi ekan! Men uni yaxshi o‘yinchiligini bilardim, lekin bu darajada zo‘r o‘ynashi hammamiz uchun syurpriz...

Salvatore Russotto: Jeko rasman “Inter”ga o‘tib ketdi, lekin o‘zbek hujumchisining o‘yinini ko‘rib, biz Edinga munosib o‘rinbosar topganimizga ishonchim komil bo‘lmoqda.

Antonietta Abate: Menga butun jamoaning o‘yini yoqdi, biroq Shomurodovni alohida e’tirof etaman. Bu yigit jamoaga endi keldi, lekin butun faoliyatini Rimda o‘tkazgandek o‘ynayapti. O‘zi gol urdi, golli pas berdi, Dzanoloni xavfli vaziyatga chiqardi. Bu yigit haqiqatan zo‘r ekan!

Lorenzo Baccallo: Menda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinini kuzatish fikri tug‘ildi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, yaqindagina bu yigit haqida hech kim hech nima bilmasdi. Balki Osiyoning bu mamlakatidan Shomurodovga o‘xshagan saviyasi baland futbolchilar ko‘pdir. U yerdan yana bir juft zo‘r futbolchi toparmiz.

Davide Strafella: Shomurodov to‘liq bo‘lmagan ikki ta uchrashuvda 3 ball to‘pladi. Men uning rasmiy debyutini intizorlik bilan kutyapman. Menimcha, “Trabzonspor”ga juda qiyin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov bizni Chempionlar ligasiga olib chiqadi!