18:20 / 17.08.2021
1 980

Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Rayhona Qodirovaga Nexia 3 avtomobili sovg‘a qilindi

Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Rayhona Qodirovaga Nexia 3 avtomobili sovg‘a qilindi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Boks bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Rayhona Qodirovaga Prezident sovg‘asi topshirildi.
Kitoblik bokschiga Nexia 3 avtomobili sovg‘a qilindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tokio Olimpiya o‘yinlarida -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Rayhona Qodirova 1/8 finalda Kongo DR vakili Yumba Naomiyeni 5:0 hisobida mag‘lub etgan, chorak finalda esa braziliyalik Beatris Ferreyraga imkoniyatni boy bergandi.

Avvalroq, O‘zbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov va taekvondochi Nigora Tursunqulova oila qurgani munosabati bilan Prezident tabrigi va sovg‘alari yetkazilgandi. Tokio Olimpiya o‘yinlari oltin medal egalariga Chevrolet Tahoe avtomobili va 4 sotixli hovli kalitlari topshirilgan, bronza medaliga ega chiqqanlar Chevrolet Trailblazer va 2 xonali uy bilan taqdirlangan edi. Shuningdek, Tokio—2020 da qatnashgan har bir sportchi 5 ming dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘lishi belgilangandi.

Foto: Boks federatsiyasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Rayhona Qodirovaga Nexia 3 avtomobili sovg‘a qilindi