18:57 / 18.08.2021
3 699

Mourinyu Shomurodovning transferi haqida gapirdi

Mourinyu Shomurodovning transferi haqida gapirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov haqida berilgan savolga javob berdi.

- Shomurodov jamoaga nima bera oladi deb o‘ylaysiz?
- Juda ko‘p narsa. Eldor bilan shartnoma imzolaganimizda jamoaga tezlik va harakatchanlik kerak edi. Hujumdagi tezlik va harakatchanlik. Biz Eldorning transferidan mutlaq qoniqish hosil qildik. O‘sha kunning o‘zida bu transferga ajoyib reaksiyalar bo‘ldi. Ko‘pchilik ham buni kutmagandi. Sababi, transferlar bozori juda shafqatsiz joy. Bunday ajoyib transferni amalga oshirish esa albatta ajoyib. Ushbu yigitlar bilan biz o‘z jamoamizni quramiz. To‘g‘ri, bizda dunyoning eng kuchli tarkibi yo‘q. Lekin, hech kim bizga "sizlar keyingi o‘yinni yutolmaysizlar" deya olmaydi.

Jekoning ketishi ham jamoaga yomon ta’sir o‘tkazdi. "Betis" bilan o‘yinga qadar bu jamoada o‘z aksini ko‘rsatdi. Edin boshqa klubga o‘tayotgani sabab bizda shubhalar paydo bo‘la boshladi. Yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolashga ulguramizmi yo‘qmi... O‘yinchilarim bu vaziyatdan xavotirda edilar. "Betis" bilan o‘yinga ikki kungina qolganida yetib kelgan Shomurodov esa o‘zini juda ajoyib ko‘rsatdi. Eldor tezda o‘zini qanday toifadagi o‘yinchi ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov "Roma" safida 2ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu Shomurodovning transferi haqida gapirdi