18:12 / 19.08.2021
5 145

Surxondaryo hokimi Bahodir Jalolovga Skoda Kodiaq sovg‘a qildi (foto)

Surxondaryo hokimi Bahodir Jalolovga Skoda Kodiaq sovg‘a qildi (foto)
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Tokio Olimpiadasining oltin medali sovrindori Bahodir Jalolovga Skoda Kodiaq avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin To‘rayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bugun 19 avgust kuni Termiz shahrida Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportning boks turi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
«Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov mahoratli bokschimizni erishgan g‘alabasi bilan muborakbod etib, unga Skoda Kodiaq yengil avtomashinasining kalitini topshirdi», — deydi Zahiriddin To‘rayev.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Qayd etilishicha, tantanali marosimda san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangrab, yosh-u keksa vohaning mard o‘g‘loni Bahodir Jalolov bilan esdalik uchun suratga tushgan. Gullar tuhfa qilgan. Bahodir Jalolov kamolga yetgan olis va chekka Sariosiyo tumani aholisi yengilmas bokschi bilan uchrashib, uni faxr-iftixor bilan sharaflagan.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio Olimpiadasi oltin medal egalariga Tahoe va 4 sotixli hovli, bronza qo‘lga kiritganlarga esa Trailblazer va 2 xonali uy berilgandi. Keyinchalik ular davlat mukofoti bilan ham taqdirlangandi. Xususan, surxondaryolik bokschi Bahodir Jalolov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeniga munosib ko‘rilgandi.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Surxondaryo hokimi Bahodir Jalolovga Skoda Kodiaq sovg‘a qildi (foto)