20:44 / 19.08.2021
3 784

Ronaldu: Men borsam, Neymar zaxiraga mixlanadi

Ronaldu: Men borsam, Neymar zaxiraga mixlanadi
Futbol jamoatchiligi kelasi yili PSJ o‘z tarkibiga Krishtianu Ronalduni qo‘shib olishi va portugaliyalik hujumchi faoliyatining so‘nggi bosqichida uzoq muddat raqobatlashib kelgan Lionel Messi bilan birga to‘p tepishini kutmoqda.

Parijliklarning braziliyalik yulduzi Ronalduning PSJga kelishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi, Krishtianu qarib qolgani va Parij klubida raqobatga dosh berolmasligini ta’kidladi.

Neymarning gapi Ronalduga yoqmadi va u munosib tarzda javob qaytardi.
- Menga Neymar meni nega qariganga chiqarayotgani qiziq. O‘zimni uzog‘i bilan 27 yoshday his qilyapman. Balki Neymarning o‘zi to‘g‘ri ovqatlanish, mashg‘ulotni vaqtida o‘tkazish va intizom borasidagi muammolarini hal qila olmayotgandir. Lekin menda muammo yo‘q. Agar men va Neymar o‘rtasida tanlash imkoni berilsa, Neymar uzoq muddat zaxiraga mixlanadi va men asosiy tarkibda o‘ynayman. Men bunga aminman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: Men borsam, Neymar zaxiraga mixlanadi