13:00 / 20.08.2021
1 811

Srechko Katanes: "O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi ishlarni amalga oshirishga umid qilaman"

Srechko Katanes: "O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi ishlarni amalga oshirishga umid qilaman"
O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lishi kutilayotgan sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes kecha Toshkentdagi "Bunyodkor" va "Jar" stadionlariga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida murabbiy stadionlar holati bilan tanishdi va o‘z fikrlarini bildirdi.

"Stadionlarni ko‘rib chiqdim. Futbol maydonlari ob-havo tufayli unchalik yaxshi holatda emas. Umid qilamanki kelgusida barchasi yaxshi bo‘ladi. Yaqinda hamma narsa o‘zgaradi, chunki o‘yinchilar almashadi. O‘zbekistonda kimlar borligini, kim chet elda o‘ynayotganini kuzatib boramiz.

Nima bo‘lgan bo‘lsa bu endi ortda qoldi. Umid qilamanki, O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi ishlarni amalga oshiraman. Men qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Eng muhimi bizga yaxshi futbolchilar kerak
", - deydi Srechko Katanes Uzreport TV kanaliga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi ishlarni amalga oshirishga umid qilaman"