00:04 / 21.08.2021
3 397

Italiya nashri Shomurodovni "o‘zbek Messisi" deb atadi

Italiya nashri Shomurodovni "o‘zbek Messisi" deb atadi
Italiyaning mashhur Gazzetta dello Sport nashri Eldor Shomurodovga bag‘ishlangan maqola tayyorladi.
Italiyaliklar yozgi transfer oynasida "Jenoa"dan "Roma"ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Eldor Shomurodovning iqtidoriga yuqori baho berishmoqda. "Bo‘rilar"ning ilk uchrashuvlarida o‘zbekistonlik forvard o‘zining to‘purarlik salohiyatini namoyish qila oldi.

Gazzetta dello Sport nashrining jurnalistlari 26 yoshli futbolchiga bag‘ishlangan material e’lon qilishdi. Maqola "Shomurodov — o‘zbek Messisi" sarlavhasi ostida chop etildi.

Eldor rimliklar tarkibida bitta rasmiy va ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Hujumchi ushbu uchrashuvlarda jami uchta gol urdi. Eslatib o‘tamiz, uning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiya nashri Shomurodovni "o‘zbek Messisi" deb atadi