22:57 / 20.08.2021
2 243

Shuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" ikki o‘t orasida qolib ketdi"

Shuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" ikki o‘t orasida qolib ketdi"
Coca Cola O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov qatnashdi.

"Bugun jangovar o‘yin ko‘rdik, futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Barcha xodimlarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Uch oydan buyon maosh olmayapmiz, klubdagilar ham o‘yin haqida o‘ylashyapti, ham boshqa xarajatlarni o‘ylashyapti. Homiyimiz avval jamoaga tayanch bo‘lib, katta yordam berayotgandi, endilikda klubni hokimlikka o‘tkazmoqchi bo‘lishdi, jamoa qiyin ahvolda qoldi. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat, "Navbahor"ga esa keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

Qaysidir jamoa kuchli futbolchilarni olib kelib, ularga suyanadi. Men esa hozirda faqat tarkibimizdagi futbolchilarga ishonch bildiraman. Bugun ayrim yoshlarga mahorat yetishmadi, biroq hozirgi avholimiz shunaqa.

Yigitlarga hisobni saqlab qolish uchun ko‘rsatma bermagandim, albatta, natija to‘g‘risida ham o‘ylaymiz. Futbolchilarga tanaffusda "Navbahor" yutqazayotgani sabab oldinga o‘tadi, shunga qaramay, eng yaxshi himoya hujum ekanligini tushundirdik. Atayin himoyaga yotib olganimiz yo‘q. Barcha jamoalar qatori biz ham raqibni o‘yindan oldin o‘rganamiz. Busiz iloji yo‘q. Jamoamizning bu yilgi seleksiya ishlari ko‘ngildagidek bo‘lmagan, shu bois, iloji boricha muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushib, g‘alaba qozonishga intilishni xohlaymiz", — deydi "qaldirg‘ochlar" murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Bunyodkor" ikki o‘t orasida qolib ketdi"