16:00 / 23.08.2021
2 655

"Roma" futbolchisi g‘alabadan keyin murabbiyni maqtadi

"Roma" futbolchisi g‘alabadan keyin murabbiyni maqtadi
"Roma" yarim himoyachisi Jordan Veretu A Seriya ilk turidan o‘rin olgan "Fiorentina"ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Birinchi turda g‘alaba qozonish muhim va biz buni uddaladik. Biroq yanada ko‘proq ishlashimiz lozim. Murabbiyimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimizni istaydi. Bugun kuchli jamoaga qarshi maydonga tushdik. "Fiorentina" yaxshi uslubga ega klub hisoblanadi.

Shunga qaramay, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi evaziga g‘alaba qozondik. Tanaffus vaqtida Mourino bizga o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerakligini ta’kidladi. Birinchi bo‘limda bir necha muammolarimiz bor edi.

Barchasi bir maromda ketmoqda. Biz katta yo‘lning boshida turibmiz. Birga ishlash orqali ulkan g‘alabalarga erisha olamiz. Mourino bilan aloqalarimiz a’lo darajada. U doim jamoamiz bilan birga
", - dedi fransiyalik futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" futbolchisi g‘alabadan keyin murabbiyni maqtadi