17:25 / 24.08.2021
1 968

Bahrom Hakimov: "Nasaf" "Ahal" bilan o‘yinda katta qiyinchilikka duch kelmaydi"

Bahrom Hakimov: "Nasaf" "Ahal" bilan o‘yinda katta qiyinchilikka duch kelmaydi"
Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga OFK kubogi chorak final doirasida o‘z maydonida Turkmanistonning "Ahal" klubini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuv oldidan o‘z vaqtida qashiliklar bilan Superligada bronza medallariga ega chiqqan, 2002 yil jamoani OFK chempionlar kubogida yarim final sari yetaklay olgan murabbiy Bahrom Hakimov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Fikrimcha, "Nasaf" katta qiyinchilikka duch kelmaydi. Ro‘ziqul Berdiyev Turkmaniston klublariga qarshi qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladigan mutaxassis hisoblanadi. To‘g‘ri ular Superligada so‘nggi turlarda ochko yo‘qotishmoqda. Lekin o‘yin tomonlama juda yaxshi ko‘rinishyapti. Bir narsani aytish kerakki, yosh futbolchilar bilan barqaror natijaga erishish doim qiyin bo‘lgan.

Gohida o‘xshasa, gohida o‘xshamasligi mumkin. Biroq bu "Ahal" bilan bahsda mezbonlarning imkoniyatini past baholashga sabab bo‘la olmaydi. Aytganimdek "Nasaf" bugungi kunga javob beradigan zamonaviy futbol ko‘rsatmoqda. Taxminim qarshiliklar 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonadi
", - deydi Bahrom Hakimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahrom Hakimov: "Nasaf" "Ahal" bilan o‘yinda katta qiyinchilikka duch kelmaydi"