21:20 / 24.08.2021
2 722

Habib Nurmagomedov ringdagi eng foydasiz odamlarni aytdi

Habib Nurmagomedov ringdagi eng foydasiz odamlarni aytdi
Foto: «Metaratings.ru»
Ultimate Fighting Championship (UFC) sobiq chempioni Habib Nurmagomedov ringdagi qizlar (raund raqamlarini ko‘tarib chiqadiganlar) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va ularni foydasiz deb atadi.

«Men hech kimni xafa qilmoqchi emasman, lekin bu ringdagi eng foydasiz odamlardir. Ular qanday funksiyani bajarmoqda? Sportni qanday rivojlantiryapti? Televizorni yoqsangiz, ekranda qaysi raund ketayotganini ko‘rsatadi. 17-sanadagi turnirda ular qatnashmaydilar. Bu borada kelishuvlarimiz bor», — dedi Habib Nurmagomedov otasi Abdulmannop Nurmagomedov xotirasiga bag‘ishlangan turnirdan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, Habibning so‘zlariga ko‘ra, buni ko‘rishga keladiganlar bo‘lsa, 17-kuni bo‘lib o‘tadigan turnir ular uchun mos joy emas.

«Moskvada pulini to‘lab, tomosha qilsa bo‘ladigan joylar bor. Men ayollarga qarshi emasman. Ayollar erkaklar uchun yaratilgan. Shunchaki muayyan mezonlar mavjud», — dedi sportchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov ringdagi eng foydasiz odamlarni aytdi