22:57 / 24.08.2021
4 882

Eldor Shomurodov bugun rasman tanishtirildi (intervyu)

Eldor Shomurodov bugun rasman tanishtirildi (intervyu)
Bugun, 24 avgust kuni «Roma» jamoasiga yangi qo‘shilgan ikki futbolchi — Eldor Shomurodov va Matias Vinani jurnalistlarga rasman tanishtirish uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanini jamoa bosh direktori Tyago Pinto ochib berdi va ikkala futbolchi haqida iliq fikrlar aytib, omad tiladi. Shundan so‘ng Vina, keyin Shomurodovga so‘z berildi. Quyida Eldorga berilgan savollar va uning javoblarini o‘qishingiz mumkin.

— Katta jamoaga qo‘shilishingiz uchun 26 yil kerak bo‘lganini qanday izohlaysiz?
— Buning sababini tushuntirish oson emas. Har yili o‘z oldimga qo‘ygan maqsadimga erishishga urindim. Menimcha, yosh unchalik katta ahamiyatga ega emas, muhimi, men «Roma»dek katta klub tarkibidaligim. Bundan xursandman va nimalarga qodirligimni ko‘rsatish uchun sabrim yetmayapti.

— Siz va Temmi Abraham birga o‘ynay olasizlarmi?
— Jamoadagi o‘rnim haqida gapiradigan bo‘lsam, markaziy hujumda yoki yanada kengroq pozitsiyada o‘ynay olishim mumkinligi unchalik xavotirga solmayapti. Hujumning barcha chizig‘ida o‘zimni qulay his qilyapman, «Roma»da ham shuni istagandim. Agar jamoaga foydasi tegsa va buning uchun hujumda menga sherik berishsa, bunga jon deb amalga oshiraman.

— Uyingizdan uzoqda, Rimda nimalar haqida o‘ylayapsiz?
— Bunday katta klubga kelgunimcha qadar yaxshi o‘yinga moslashib, o‘z ustimda tinmay ishlaganman. Endi esa nimadir sovrin yutib olish uchun yanada ko‘proq mehnat qilish haqida o‘ylashimiz kerak. Mening maqsadim ham shu, sovrinlar yutish uchun «Roma»ga yordam berish.

— Joze Mourino bilan munosabatingiz qanday? Klubga kelishingizda uning o‘rni qanday bo‘ldi?
— Ha, biz ikki yil oldin Joze Mourino bilan (tasodifan) Moskvada uchrashganmiz. «Roma» menga qiziqish bildirganini eshitib, darrov rozi bo‘lganman. Birinchi o‘rinda, bu Yevropaning top klublaridan biri — «Roma», ikkinchidan, Mourinodek buyuk murabbiy bilan ishlayman.

— Bunday muhim joyda o‘ynashni kutganmidingiz? Sizningcha, qaysi pozitsiyada kuchliroqsiz?
— Bu yerga kelishim bilan nimaga qodirligimni tezroq namoyish etishni istadim. Shu vaqtgacha kutganimdan ham yaxshiroq o‘ynaganim rost, lekin bu mavsumda istagan hamma narsamizga erishish uchun shu yo‘ldan borishimga ishonishim kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov bugun rasman tanishtirildi (intervyu)