14:45 / 27.08.2021
2 643

Davron Fayziyev kutilayotgan katta transfer borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Davron Fayziyev kutilayotgan katta transfer borasida o‘z fikrlarini bildirdi
Transferlar oynasining oxirgi kunlari yaqinlashgan sari katta buyuk ko‘chib o‘tishlar bo‘lishi kutilmoqda. Ronalduning Angliyaga, Mbappening Ispaniyaga borishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Ushbu holatlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida mazkur transferlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bu transfer oynasi tarixda qoladigan bo‘lyapti. Chunki shu davrda futboldagi eng ashaddiy raqobatchilar klub almashtirishmoqda. Buning ustiga ularning izdoshi ham transfer qilinadi.

Ronaldu bo‘yicha "Manchester Siti" o‘zining dastlabki taklifini "Yuventus"ga ertaga jo‘natadi. Bu 30 millionlar atrofidagi summa. Turin rozi bo‘lishga tayyor.

Mbappe uchun "Real" endi 170+10 millionlik taklifni berdi. PSJ yoki bu pulni oladi yoki 1 yil Mbappening qovog‘iga qarab, tekinga qo‘yib yuboradi. Qatarliklar qanchalik boy bo‘lmasin birinchi variantni tanlashsa kerak.

Bu ikki vaziyatda o‘xshash tarafi shuki, ikkala futbolchi o‘zi ketishni niyat qilgan. Ketmoqchi bo‘lganlarga esa ruxsat berish kerak. Yangiliklarni kuzatib boring
, - dedi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev kutilayotgan katta transfer borasida o‘z fikrlarini bildirdi