08:34 / 29.08.2021
2 493

Shomurodovning transferi 7 oy oldin yo‘qolgan qizni topishda yordam berdi

Shomurodovning transferi 7 oy oldin yo‘qolgan qizni topishda yordam berdi
Eldor Shomurodovning «Roma»ga o‘tishi 7 oy oldin bedarak yo‘qolgan polshalik qizning qayta topilishiga sababchi bo‘ldi.
Bu hech qanday tasodif emas, balki Rim klubining muhim dasturidir. Shomurodovning ilk rasmiy o‘yindagi birinchi goli nafaqat jamoaga, balki undan tashqaridagi odamlarga ham foyda berdi.

Gap shundaki, «Roma» 2019 yildan beri transfer videoroliklari orqali dunyo bo‘yicha yo‘qolgan bolalarning suratlarini ham e’lon qilib boradi. Video ostida esa ko‘ngilli tashkilotlarning aloqa raqamlari beriladi, kimdir ko‘rib yo tanib qolsa, shu orqali tezroq topish uchun.

Albatta, bu dasturning foydasi ko‘p tekkan. Shu paytgacha «Roma» yordamida Buyuk Britaniya, Italiya, Gretsiya, Belgiya, Keniya va mana endi Polshadan bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 12 ta bola topildi.

«Roma»ning «Trabzonspor»ga qarshi birinchi o‘yini paytida Shomurodovning transferi haqidagi videorolik va yo‘qolgan bolalar suratlari stadionda e’lon qilingan. Shu orqali polshalik qizcha 2 kun oldin, 26 avgust kuni topilgan va u sog‘-salomat ekani aytilmoqda.

«Bir oiladan yo‘qolgan bolani topishda qandaydir yo‘l bilan hissam qo‘shilganidan xursandman, bu holatni tushuntirish qiyin. Futbol olamida mana shunday yo‘l bilan mashhurlikka erishayotgan klub safida ekanimdan faxrlanaman», degan Eldor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning transferi 7 oy oldin yo‘qolgan qizni topishda yordam berdi