09:24 / 29.08.2021
2 202

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Ikkinchi "plan"dagi aktyor sifatida "oskar" oldim

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Ikkinchi "plan"dagi aktyor sifatida "oskar" oldim
“Lokomotiv” klubi Superliganing 16-turida o‘z maydonida “Turon”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan biriga Temurxo‘ja Abduxoliqov mualliflik qildi. Klub matbuot xizmati o‘yin haqida Abduxoliqovdan intervyu oldi.

- Bu uchrashuvni yutishimiz shart edi. Birinchi bo‘lim fors-major bo‘ldi, ishlarimiz o‘xshamadi. Uchrashuvning borishini o‘zgartira oldik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bunga qadar ketma-ket o‘yinlarda g‘alabaga erisha olmayotgandik. Turnir jadvalidagi holatni yaxshilash uchun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Shu tarzda o‘ynab, g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz.

- Muxlislar tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Bu qanchalik darajada yoqimli?
- Individual olqishlar doimo yoqimli. Ammo futbol jamoaviy o‘yin. Bu o‘yinni bir o‘zim yutmadim. Bu yerda men ikkinchi “plan”dagi aktyor sifatida “oskar” oldim. Agarda uch ochko olmasdan, eng yaxshi futbolchi bo‘lganimda bu yerda intervyu bermagan bo‘lardim. Shu boisdan aytishim mumkinki, uch ochko har qanday individual sovrindan muhim.

- Birinchi penaltini siz amalga oshirdingiz va hisobni tenglashtirdingiz. Ikkinchi penaltini nima uchun Aziz Amonov tepdi?
- Umuman olganda, penaltini tepishni istagandim. Aziz keldi va o‘zi ishlagan penaltisini tepishni so‘radi. Odamlar penaltidan gol urish oson deb o‘ylashadi. Biroq hozirda darvozabonlar anchagina saviyali va kuchli. O‘yin davomida jamoadoshlarim mendan penaltini so‘rashsa, inkor qilmayman.

- Birinchi bo‘limda jamoaga og‘ir bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa xuddi boshqa jamoa maydonga tushgandek. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida qanday gaplar bo‘ldi?
- Murabbiy barchaning e’tiborini jamlab, ikkinchi bo‘lim uchun qanday taktika bo‘lishini aytib o‘tdi. Qayerda tartibli, qayerda zich o‘ynash kerakligini tushuntirdi. To‘g‘risini aytganda, Mikael Sekeyra raqiblarni taktik tomonlama mag‘lub etdi. Uning ko‘rsatmalari orqali g‘alabaga erishdik.

- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Albatta, ularga omad va salomatlik tilayman. Muxlislarni stadionda ko‘rish doimo yoqimli. Ular ham stadionlarga qaytib, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlaydigan vaqt keldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Ikkinchi "plan"dagi aktyor sifatida "oskar" oldim