14:01 / 29.08.2021
2 613

Mahmud Muradov: Hech qanday bahona yo‘q

Mahmud Muradov: Hech qanday bahona yo‘q
AQSHning Las-Vega shahrida "UFC Vegas 35" turniri doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov o‘zining promoushendagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.

Unga AQSH vakili Jerald Meyershert raqiblik qildi. Ushbu qarma-qarshilik ikkinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi. Afsuski, hamyurtimiz bu safar imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Meyershert bo‘g‘ish uslubdi evaziga yurtdoshimizni taslim etishni uddasidan chiqdi.

Muradov jangdan keyin o‘zining "Instagram"dagi sahifasida post qoldirdi: "G‘alaba va mag‘lubiyat Allohdandir. Hech qanday bahona yo‘q. Bugun raqibim kuchliroq edi va g‘alaba qozondi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. In Sha Alloh, kuchliroq bo‘lib qaytaman".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Muradov: Hech qanday bahona yo‘q