00:02 / 31.08.2021
4 952

Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?

Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?
Tokiodagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun paralimpiyachilarimiz delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘shtirib qo‘yishdi.

Jumladan, para yengil atletikaning F41 klassida erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bahslarida Boburjon Omonov 14.06 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.77 metr natija bilan uchinchi bo‘ldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Para suzish bahslarining S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan finalda Shohsanamxon Toshpo‘latova 2:27.92 daqiqa vaqt bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa delegatsiyamix hisobidagi medallar 15 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza. Ammo umumjamoa hisobida bir pog‘ona pastladik va 13-o‘ringa tushdik. Eron terma jamoasi bizdan bir pog‘ona yuqoriladi.

Umid qilamizki tez orada yana medallar qo‘lga kiritgan holda jadvalda yuqorilaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?