10:51 / 01.09.2021
730

Antuan Grizmann "Atletiko"ga qaytdi

Antuan Grizmann "Atletiko"ga qaytdi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann "Atletiko"ga qaytdi.
Madrid klubi fransiyalik futbolchini xarid qilish majburiyati bilan bir mavsumga ijaraga oldi. Shuningdek, ijara yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

"Atletiko" Grizmanning ijarasi uchun 10 mln yevro to‘laydi, xarid esa 40 mln yevroga tushadi.

"Barselona" 2019 yilning yozida Grizmann uchun "Atletiko"ga 120 million yevro to‘lagan edi. Hujumchi Kataloniya klubi bilan o‘tgan mavsum faqatgina Ispaniya Kubogini yutdi. Grizmann "Barsa" tarkibida 102ta o‘yinda maydonga tushib, 35ta gol urishga erishdi.

Forvard "Atletiko" tarkibida 2014-2019 yillarda o‘ynagan. U Madrid klubi tarkibida barcha musobaqalarda 257ta o‘yinda harakat qilib, o‘z hisobiga 133ta gol yozdirib qo‘ygan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Antuan Grizmann "Atletiko"ga qaytdi
[/banner_pushhouse